Jahon | 22:50 / 22.03.2018
17473
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yaxshi aeroportlari: Oltinchi yil ketma-ket Singapur birinchi

Eng baland aeroport, 24 soat faoliyat ko‘rsatuvchi bepul kinoteatr, tom qismida suzish havzasi va kapalaklar parkiga ega Singapurning Changi aeroporti dunyoning eng yaxshi aeroporti deya tan olindi.

Changi aeroporti o‘zining to‘rt terminalidagi qulayliklar sabab to‘qqizinchi marta Skytrax’s World Airport Awards'ning eng yaxshi aeroportlari qatoridan o‘rin olmoqda.

Foto: Changi / Getty Images

Janubiy Koreyaning Inchxon aeroporti va Tokiodagi Xaneda ham yetakchilar uchligidan o‘rin oldi.

Foto: Xaneda /Shutterstock
Foto: Shutterstock

Har yili topshiriladigan Skytrax’s World Airport Awards mukofoti mijozlarning u yoki bu aeroportdan mamnunlik darajasiga bergan bahosiga asoslangan.

Eng yaxshi aeroport deya e'tirof etilgan Changi'da joylashgan 563 xonali Crowne Plaza mehmonxonasi ko‘plab ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni taklif etadi - siz kaktus bog‘ida sayr qilib, elita do‘konlarida xaridlaringizni amalga oshirishingiz mumkin.

Erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolmay, hozirda Changi'da 10 qavatli po‘lat terminal qurilmoqda, 2019 yilda ochilishi rejalashtirilgan terminal dunyodagi eng baland sharshara va ulkan parki bilan maqtana oladi.

Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi:

  1. Singapore Changi aeroporti
  2. Incheon xalqaro aeroporti
  3. Tokyo Haneda xalqaro aeroporti
  4. Hong Kong xalqaro aeroporti
  5. Hamad xalqaro aeroporti
  6. Munich aeroporti
  7. Chubu Centrair xalqaro aeroporti
  8. London Heathrow aeroporti
  9. Zurich aeroporti
  10. Frankfurt aeroporti

 

Mavzuga oid