Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy vs AQSh. XXR Qo‘shma Shtatlarga chaqiriq bilan chiqdi
Foto: Thomas Peter/Reuters
Xitoy Tijorat vazirligi AQShni po‘lat va alyuminiyga yangi bojlar bo‘yicha Pekin tashvishiga sabab bo‘layotgan holatlarni tezroq e'tiborga olish hamda bu boradagi qarama-qarshilikka yechim topishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Xitoy AQShni Pekinning tashvishiga sabab bo‘layotgan (AQSh yangi bojlari joriy etilishi tufayli yetkazilgan zarar bo‘yicha) holatlarni muloqot yo‘li bilan bartaraf etishga qat'iy chaqiradi. Shuningdek, o‘rtadagi mavjud qarama-qarshiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal etish kerak, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar hamkorligiga ziyon keltiruvchi qadamlardan qochish lozim», - deya ma'lum qilishgan idoradan.
Shuningdek, vazirlikdan qo‘shimcha qilishlaricha, «Xitoy va AQSh dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga ega bo‘lib, hamkorlik ikki mamlakat uchun yagona to‘g‘ri tanlov bo‘lib qoladi».
Mavzuga oid
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
17:29 / 02.02.2026