Jahon | 09:40 / 23.03.2018
9770
1 daqiqa o‘qiladi

Skripal mojarosi. Merkel Rossiyaga qarshi navbatdagi choralarni istisno etmadi

Foto: Reuters

Germaniya kansleri Angela Merkel GRU sobiq xodimi Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha ish tufayli Rossiyaga nisbatan navbatdagi choralar qo‘llanilishi mumkin ekanini istisno etmadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Biz Rossiyaga nisbatan javob qaytarish va qo‘shimcha choralar bilan ta'sir ko‘rsatishga qat'iy ahd qildik», - deya ma'lumot bergan Merkel.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, YeI Moskvaga qarshi keyingi qadamlar to‘g‘risida qaror qabul qilishdan avval, Skripalni zaharlashda ishlatilgan modda tahlili natijalari e'lon qilinishini kutadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid