Jahon | 01:00 / 24.03.2018
5907
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp 2018 yil uchun AQSh federal byudjyetini imzoladi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni 2018 moliyaviy yil (30 sentabrda tugaydi) uchun 1,3 trillion dollar miqdoridagi federal byudjyet loyihasini imzolagani haqida ma'lum qildi. CNN telekanali jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qildi. 

"Bu milliy xavfsizlik masalasi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ushbu byudjyet to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladim", - dedi u Oq uydagi imzolash marosimi vaqtida. Shu bilan birga, Amerika prezidenti matning ko‘p joylari unga yoqmayotganini ta'kidladi. 

"Biroq men Kongressga boshqa bunday qonun loyihasini imzolamasligimni aytdim. Men buni qaytib amalga oshirmayman. Uni hech kim o‘qimagan, yozib bo‘linganiga atigi bir necha soat bo‘lgan", - qo‘shimcha qildi Tramp.

AQSh Kongressi Senati byudjyet to‘g‘risidagi qonunni juma kunga o‘tar kechasi qabul qildi. Agar Tramp uni imzolamaganida AQSh davlat muassasalarida ishni davom ettirishga mablag‘ qolmagan bo‘lardi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid