Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask dunyodagi eng katta maoshni oladi
Foto: iStock
Tesla kompaniyasi aksiyadorlari kompaniya bosh direktori Ilon Mask uchun 10 yillik kompensatsiya paketini ma'qullashdi. Unga ko‘ra, Maskka taqdim qilinadigan kompensatsiyalar miqdori 55 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilishi mumkin, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.
Maskning kafolatlangan maoshi kompaniya kapitallashuviga bog‘liq holda aksiyalar ko‘rinishidagi kompensatsiyaga o‘tkazilmoqda. Aktsiyadorlar kompaniya kapitallashuvi hozirgi 53 mlrd dollardan 650 mlrd dollargacha o‘sishini kutishmoqda.
Yaqin 10 yil ichida Mask har biri Tesla’ning joriy aksiyalarining 1 foizi miqdoriga teng 12 ta transh oladi. Mask 1-transhni kompaniya kapitallashuvi 100 mlrd dollardan oshgandan keyin oladi. Mask har keyingi transhni kompaniya kapitallashuvi 50 mlrd dollardan oshib borganda oladi. Agar kompaniya bozor qiymati 650 mlrd dollardan oshsa, Mask barcha 12 transhga ega bo‘ladi.
Kompaniyaning joriy qiymatiga ko‘ra, kompensatsiya miqdori 2,6 mlrd dollarni tashkil qiladi, biroq barcha maqsadlar amalga oshsa va kompaniya kapitallashuvi o‘ssa, Maskning davlati 10 yil ichida 55,8 mlrd dollarga ko‘payishi mumkin. Ayni vaqtda Maskning davlati 20 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
16:02 / 04.02.2026
Parijda Ilon Maskning X kompaniyasi ofisida tintuv o‘tkazildi
22:52 / 24.01.2026
Mask Tesla robotlari sotuvini yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi
09:38 / 19.01.2026