Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deyarli 1 mlrd so‘m! O‘tgan haftada necha so‘mlik avtoraqamlar sotilgani ma'lum
Joriy yilning 12 martdan 18 martigacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 798,7 mlrd so‘mlik bitimlar tuzilib, avvalgi haftaga nisbatan deyarli 43% ga o‘sdi. Sotuv hajmlarining o‘sishi birjaning barcha savdo platformalarida qayd etildi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 526,6 mlrd so‘mdan 702,3 mlrd so‘mgacha oshdi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish mollari ikkinchi o‘rinni 24,9% bilan egallab turibdi. Yetakchilik kimyo mahsulotlarida bo‘lib, birja bozorining 25,6% ni egalladi. Keyingi o‘rinda 13% ulush bilan rangli metallar joylashdi.
Valyuta savdo maydonchasida qariyb 1,9 mln AQSh dollarlik paxta tolasi, polietilen, alyuminiy, texnik moylar sotildi. Bunda paxta tolasining birja eksport bozoridagi ulushi 57%, polietileniki 19% ni tashkil qildi.
O‘tgan hafta mobaynida birjaning onlayn auksionlari orqali 71 ta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bulardan 56 tasi jismoniy shaxslarga, 15 tasi yuridik shaxslarga sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 943 mln so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 61% oliy toifadagi avtoraqamlarga, 24% bitimlar 2 toifa avtoraqamlar va 15% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Samarqand avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 29% ga yetdi. Keyingi o‘rinni Toshkent va Toshkent viloyati – 17%, uchinchi o‘rinda esa Farg‘ona va Namangan viloyatlari xaridorlari mos ravishda 14% va 13% ulush bilan egalladilar. Qolgan viloyatlarning umumiy ulushlari 27% ni tashkil etdi.
Mavzuga oid
22:24 / 07.04.2026
Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi
14:47 / 24.03.2026
Trampning neft narxini qulatgan bayonoti arafasida birjada shubhali bitimlar amalga oshirildi
20:28 / 15.12.2025
O‘zbekistonda chet el kompaniyalarining aksiyalari savdosiga ruxsat berilishi mumkin
12:26 / 26.05.2025