Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyaning strategik maqsadini ma'lum qildi
Turkiyaning Yevroittifoqqa kirishi Anqara strategik maqsadi bo‘lib qoladi. Bu haqda Turkiya yetakchisi Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qilgan.
"Turkiyaning YeI bilan munosabatlari rivoji bizning davrimizda eng uzoq masofani bosib o‘tdi. Faqat texnik xususiyatga ega bo‘lgan savollar bor. Biz minalarga qaramay, bu yo‘ldan harakatlanishda davom etyapmiz hamda bizning butunlay a'zo bo‘lishimizga xalaqit berayotganlarga imkoniyat bermaymiz. Bu bizning strategik maqsad", - deya ma'lum qilgan Erdo‘g‘an jurnalistlarga Varnaga YeI – Turkiya oliy darajadagi uchrashuviga jo‘nab ketishidan oldin.
U YeIni Turkiyaning Yevroittifoqqa kirishi uchun “sun'iy siyosiy to‘siqlarni” olib tashlashga va ikkilamchi standartlardan foydalanmaslikka chaqirdi. "Biz YeIga kirish uchun kelishib olgan barcha bandlarni bajardik", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026