Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiya maxsus xizmatlarining Ukrainadagi hujumi obektini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Karpatorti Rossiya maxsus xizmatlarining hujumi obektiga aylangan. Bu Ukrainaning g‘arbdagi hamkorlar bilan munosabatlarini qiyinlashtirish maqsadida qilinmoqda.
«So‘nggi vaqtlarda ro‘y bergan qator hodisalar shundan darak beradiki, Ukrainaning haqiqiy vatanparvarlari suveren, kuchli, mustaqil, demokratik, yevropacha davlatda yashash huquqi uchun kurashmoqda, bu butun hudud bo‘ylab – Donbassdan tortib Karpatortigacha ro‘y beryapti. Karpatorti esa rossiyalik maxsus xizmatlar hujumi obektiga aylandi, bu mamlakatimizning g‘arbdagi hamkorlar bilan munosabatlarini qiyinlashtirish uchun kerak bo‘lgan», - deya Poroshenko so‘zlarini keltiradi «112 Ukraina» telekanali.
Ukraina prezidentining qo‘shimcha qilishicha, «frontda yoki Kolorado chizig‘ida, yoxud Rossiya bayrog‘idagi ranglar bilan dushmanni tanib olish juda osondir».
«Bunda ichkaridagi vaziyatni tushunish mushkul, sababi Ukraina ichida dushman boshqacha ko‘rinishda, niqob yordamida, hiyla bilan, beshinchi kolonnaga o‘xshab harakat qilmoqda. U siyosatchilarning sharmandali ssenariylaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda. Ularning gap-so‘zlari go‘yoki vatanparvarlikdan darak beradi, aslida esa ular Moskvadan pul olishga ham uyalishmaydi!» - deya ta'kidlab o‘tdi Ukraina prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoning ko‘zlaridagi qo‘rquv haqida aytib bergandi.
Mavzuga oid
09:20
Rossiya Ukraina poytaxtiga hujum qildi
20:40 / 05.07.2026
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026