Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transchegaraviy daryolardan oqilona foydalanish bo‘yicha kelishuv lozim – Vladimir Norov
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norovning fikricha, Afg‘onistonda tinchlikka erishishda iqtisodiyot, ijtimoiy sohadagi loyihalarni amalga oshirish, xalqni ish bilan ta'minlash muhim rol o‘ynashi mumkin.
Norovning Tojikistonning “AP” nashriga bergan intervyusida aytishicha, Markaziy Osiyo xalqlari, Afg‘oniston bilan chegaradosh boshqa davlatlar Afg‘oniston bilan savdo, iqtisodiyot, energetika, agrar sohalarda hamkorlikni asta-sekin oshirib bormoqda.
“Ishonamanki, bu hamkorlik Afg‘oniston aholisiga tinch hayotga qaytishida yordam beradi”, deb aytgan Norov.
Norov O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi borasida gapirar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega safari vaqtida O‘zbekiston Tojikistondagi Rog‘un gidroelektr stansiyasi va boshqa gidroenergetik obektlar qurilishini qo‘llab-quvvatlashini aytganini eslatib o‘tdi.
“Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon uning davlati pastda joylashgan davlatlarni hech qachon ichimlik suvisiz qolldirmasligini bir necha bor aytgan va biz unga ishonamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Norov.
Uning aytishicha, bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikistonga transchegaraviy daryolardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlatlararo kelishuv loyihasini tayyorlash lozim.
“Yaqinda Afg‘oniston Panj va Amudaryoda bir qator GESlarni qurish loyihalarini amalga oshirishni boshlaydi va fikrimcha, yuqorida aytilayotgan kelishuvga istiqbolda Afg‘oniston ham qo‘shilishi mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan Norov intervyuda.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026