Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemerovo fojiasi. Qozog‘istondagi ta'lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi tekshiriladi
Qozog‘istondagi ta'lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi tizimlari tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Mamlakat Ta'lim va ilm-fan vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyaning Kemerovo oblastida yuz bergan fojia tufayli vazirlik o‘quv muassasalari – maktabgacha ta'lim, o‘rta, texnik va professional, oliy, qo‘shimcha ta'lim muassasalari rahbariyatiga yong‘in xavfsizligi tizimlari va zaxira chiqish yo‘llarini tekshiruvdan o‘tkazish haqida topshiriq berdi.
Bundan tashqari, Ta'lim vazirligi vasiylik kengashlariga yong‘in xavfsizligi masalalarini muhokama qilish, lozim bo‘lganda – mintaqalarda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vakillarni taklif etgan holda yig‘ilishlar tashkil etish vazifasini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kemerovodagi “Qishki olcha” savdo markazida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Kemerovoga yetib keldi.
Mavzuga oid
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026