Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi – FVV
Foto: FVV axborot xizmati
2018 yil 23 mart kuni soat 16:20da Qozog‘iston Respublikasi Qarag‘anda oblasti Abay tumani hududida joylashgan «Karabas» temir yo‘l stansiyasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1980 yilda tug‘ilgan R.S. temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtda yuk poyezdi uni urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston FVV va Tashqi ishlar vazirligi bilan olib borilgan hamkorlikdagi harakatlar natijasida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng, joriy yilning 26 mart kuni soat 17:30da halok bo‘lgan ayolning jasadi «G‘ishtko‘prik» o‘tkazish punktiga olib kelinib, kutib olindi.
Qayd etilishicha, so‘ng O‘zbekiston fuqarosining jasadi FVV xodimlari kuzatuvida Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus avtomobilida Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga qarindoshlariga topshirish va dafn etish uchun olib ketilgan.
Mavzuga oid
19:22 / 22.12.2025
«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili handaqqa quladi
08:50 / 15.12.2025
Qamchiq dovonida FVVning rejalashtirilgan kompleks mashqlari bo‘lib o‘tadi
11:15 / 01.12.2025
Sirdaryoda zovurga tushib ketgan Cobalt qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi
15:40 / 20.11.2025