00:50 / 27.03.2018
6156

Marsga parvoz simulyatsiyasida ishtirok etuvchilar tanlovi boshlandi

Washington Post

Havayi orollarida, Maun-Loa vulqoni yonbag‘rida Marsga parvozni imitatsiya qilish majmuasi barpo etilganiga ancha bo‘lgan. Endi Havayi universitetidan tajriba tashkilotchilari ushbu tajriba uchun butun dunyodan ipshtirokchilarni tanlab olishmoqda. Ta'kidlanishicha, ushbu tajribada ishtirok etish uchun 21 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom va bir necha oy “yakkalikda o‘tkazishga” tayyor ko‘ngillilar talab qilinadi.

Nomzodlarga qo‘yilayotgan talablar orasida zararli odatlar yo‘qligi, oliy texnik ta'lim, ingliz tilini yaxshi bilish va murakkab sharoitlarda ishlash tajribasiga ega bo‘lish kabilar bor. Tajribada ishtirok etishni istovchilar 2 aprelgacha ariza topshirishlari mumkin. Tajriba rahbarlarining ta'kidlashicha, ular arizalarni nafaqat amerikaliklardan, balki dunyoning istalgan joyidan bo‘lgan kishilardan qabul qilishmoqda.

Ishtirokchilarga tashqi dunyodan to‘liq uzilgan holda yetarlicha qiyin bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar dasturini bajarishlari kerak bo‘ladi. Olimlar ishtirokchilar ortidan 115 kvadrat metrlik pavilon bo‘ylab o‘rnatilgan videokameralar yordamida kuzatuv olib boradilar. 

Bunday ilk tajriba 2013 yilda bo‘lib o‘tgan. Oxirgisi esa bir oy oldin boshlanishi kerak edi, biroq boshlangandan keyin bir necha kun o‘tgach ishtirokchilardan birining ishtirok etishni davom ettirishdan bosh tortgani sababli bekor qilingan.

Mavzuga oid
Top