Uşbu svetodiodlar marsoxod manipulyatorida joylaşgan MAHLI (Mars Hand Lens Imager) kamerasi tarkibiga kiradi. Suratning özi esa Curiosity’ning “maçta”siga örnatilgan Mastcam kamerasi orqali olingan. Odatda olimlar MAHLI’ning yoritgiçlarini kunduzi, çuqur soyaga tuşib qolgan joylarni yoritiş uçun qöllaydi — masalan, burğilangan teşiklarning içki devorlarini yoki apparat korpusi içidagi asboblarga olib boruvçi trubkalarning kiriş kanallarini. Missiyaning boşida xuddi şu svetodiodlar tunda ham işlatilgan: burğilangan teşik devorlaridagi qatlamlaniş va boşqa mayda detallarni köriş orqali toş jinslari tarkibini aniqlaşga yordam bergan. Biroq burğilaş uslubi özgartirilgandan söng, teşiklar devorlari juda qirrali bölib qoldi, natijada bunday detallar endi ajralib körinmay qöydi.
Vaziyat 2025 yil 13 noyabr kuni şartli ravişda Nevado Sajama deb nomlangan nişon burğilab tekşirilgandan keyin özgardi. Muhandislar jamoasi bu teşik devorlari yetarliça silliq çiqqanini payqadi — şu sababli ular yana qatlamlarni qidirib köriş uçun harakat qilişga qaror qildi va yoritiş bilan tungi suratga olişni rejalaştirdi. Uşbu burğilaş orbitagaça körinadigan öziga xos geologik tuzilmalar uçraydigan hududda amalga oşirilgan: ular «qutisimon strukturalar» deb ataladi, yuza böylab köp kilometrlarga çöziladi va orbitadan qaraganda ulkan örgimçak törini eslatadi.
Curiosity marsoxodi NASA’ning Reaktiv harakatlantiriş laboratoriyasi (JPL)da işlab çiqilgan. Bu laboratoriyaga Pasadenadagi Kaliforniya texnologik instituti rahbarlik qiladi. JPL esa Marsni tadqiq etiş dasturi doirasida, NASA’ning Ilmiy boşqarmasi nomidan missiyaga rahbarlik qiladi.













