Jamiyat | 10:13 / 28.03.2018
14264
3 daqiqa o‘qiladi

Al-Farg‘oniy bog‘ida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro, 1997 yilda tug‘ilgan R.S. tadbirga jalb etilgan shartli xaridorga Farg‘ona shahar Al-Farg‘oniy istirohat bog‘i hududida uch dona gugurt qutisi va bir dona qog‘oz o‘ramiga joylangan 10 gr. “marixuana” moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Olib borilgan tezkor surishtiruv davomida fuqaro R.S.ushbu giyohvandlik moddalarni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro 1988 yilda tug‘ilgan Yo.U.dan sotib olib, so‘ngra foyda olish maqsadida pullayotganini ma'lum qildi.

Shundan so‘ng tadbir davomida Farg‘ona shahar Uzumzor ko‘chasida yashovchi Yo.U.ning yashash xonadoni xolislar va maxsus xizmat iti yordamida tintuvdan o‘tkazildi. Tintuv natijasida xonadonning yashash xonasidagi kiyimlar shkafi ichida bir dona 1.5 litr hajmli yelim idishga joylashtirilgan giyohvandlik moddasi, shuningdek, gaz plitasi ichida bir dona 1 litr hajmli yelim idishga va bir dona gazeta o‘ramiga o‘rab joylashtirilgan o‘tkir hidli, och-yashil rangli giyohvand modda borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra ushbu moddalar sof og‘irligi 122 gr.ni tashkil etuvchi “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlandi.

Shuningdek R.S.ning Farg‘ona shahri A.Qodiriy ko‘chasidagi yashash xonadoni xolislar va maxsus xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadonida qog‘oz korobkaga solib qo‘yilgan qopga o‘ralgan bir dona 1,5 litr hajmli yelim idishga joylashtirilgan o‘tkir hidli, och-yashil rangli giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ekspertiza natijalari ushbu moddaning sof og‘irligi  94 gr.ni tashkil etuvchi “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligini ko‘rsatdi.

O‘tkazilgan  tezkor tadbir davomida  ikkala qonunbuzardan umumiy og‘irligi  226 gr. bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid