Jamiyat | 15:50 / 28.03.2018
19884
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalq banki aholi uchun yana bir zamonaviy xizmat turini joriy qildi

Foto: Xalq banki

Endi o‘zingizga va yaqinlaringizga Xalq banki tomonidan berilgan Uzcard kartangizni “XALQ MOBILE” dasturi orqali qulay boshqarish imkoniyati yaratildi. Ushbu dasturdan foydalanish uchun Sizning kartangizda “SMS xabarnoma” xizmati yoqtirilgan bo‘lishi lozim.

“XALQ MOBILE” dasturini telefoningizga o‘rnatib, kartangizdagi mablag‘ni hech bir qiyinchiliklarsiz to‘liq boshqarish, boshqa kartalarni ham dasturga qo‘shish va ularni ham boshqarish imkoniyati yaratiladi. Dastur orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun qandaydir qo‘shimcha ma'lumotlar talab qilinmaydi.

Shuningdek, dasturga ulangan kartalaringizning tarixini, pul tushumlarini ko‘zatishingiz hamda chiqimlarni nazorat qilib borishingiz mumkin. Xalq banki kreditorlari kredit qoldiq mablag‘larini kuzatib borish hamda joriy oy uchun hisoblangan qarzdorlikni onlayn so‘ndirish imkoniyatiga ega. 

Dastur yordamida bankda saqlanayotgan omonat va jamg‘armalar to‘g‘risida ma'lumotlarni ko‘rish hamda hisoblangan ustama haq miqdorlarini nazorat qilib borish mumkin. Jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi ishtirokchilariga oylik tushumlar, ixtiyoriy hamda qo‘shimcha ustamalar miqdori haqida ishonchli ma'lumot olib turish imkoniyati yaratilgan. 

Foto: Xalq banki

Yangi yaratilgan dastur mobil telefonlar hisobini to‘ldirish, internet provayder xizmatlari va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida ishonchli amalga oshirishni ta'minlaydi. 

Umuman olganda zamonaviy “XALQ MOBILE” dasturi yordamida vaqtingizni va pulingizni tejaysiz.

Ushbu Mobil ilovani Play Market dan yuklab olishingiz mumkin

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid