Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XXR sobiq tashqi ishlar vaziri Seulga Kim Chen Inning Pekinga tashrifi haqida so‘zlab beradi
Xitoy sobiq tashqi ishlar vaziri Yan Tszechi payshanba, 29 mart kuni Janubiy Koreyaga tashrif buyurib, KXDR yetakchisi Kim Chen In va XXR raisi Si Tszinpinning uchrashuvi tafsilotlari haqida ma'lumot beradi. Bu haqda «Renxap» xabar qilmoqda.
Xabar berilishicha, Seulda Yan Tszechi prezidentning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon bilan ko‘rishadi, u ham Janubiy Koreya delegatsiyasining Pxenyanga tashrifi vaqtida prezident Mun Chje In maxsus vakili sifatida ishlagan. Kutilishicha, xitoylik diplomat KXDR va XXR yetakchisining uchrashuvi haqida batafsil ma'lumot beradi.
«Shuningdek, Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish va boshqa muammoli masalalar muhokama qilinadi», - deya aytib o‘tdi Yan Tszechi.
Diplomatning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyat rivoji Xitoy hukumati «kutganidan ham tezroq o‘zgarmoqda».
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026