Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy KXDRga taklif bilan chiqdi
XXR raisi Si Tszinpinning KXDR yetakchisi Kim Chen Inga ma'lum qilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga tayyor. Shuningdek, u munosabatlarni rivojlantirishning to‘rtta prinsipini taklif etdi: oliy darajadagi aloqalar, ishonchli kanallardan foydalanish, tinch rivojlanish va aloqalarni mustahkamlash. Bu haqda XXR TIV saytidagi bayonotda aytiladi.
Si Tszinpinning aytishicha, Xitoy hukumati va kommunistik partiyasi Pxenyan bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda, shuningdek, turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni saqlab qolish hamda mustahkamlash tarafdori.
"Biz KXDR bilan birgalikda oldinga qarab harakatlanishga, avvalboshdagi maqsadni unutmaslikka, Pekin hamda Pxenyan o‘rtasida munosabatlarni uzoq muddatli, sog‘lom va barqaror tarzda rivojlantirishga tayyormiz. Bu har ikki xalqqa foyda keltiradi, shuningdek, mintaqaviy rivojlanishga hissa qo‘shadi", - deya ma'lum qilgan Xitoy yetakchisi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026