Jahon | 17:52 / 28.03.2018
7191
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiya Moskvadan elchisini chaqirtirib olmoqda

Foto: AP

Slovakiya hukumati Moskvadagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib olish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Nový Čas yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, bunday qaror hukumat yig‘ilishida qabul qilindi. Slovaksiya TIV rahbari Miroslav Laychakning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam 25 yil davomida qo‘llanmagan jiddiy diplomatik akt sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chernogoriya rossiyalik bir diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid