Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Saudiya Arabistoniga 11 sentabr terakti bo‘yicha bildirilgan arzlar rad etilmadi
28 martda Nyu-York sudi 2001 yil 11 sentabrdagi terakt qurbonlari yaqinlarining Saudiya Arabistoniga qarshi bergan arzlarini bekor qilishdan bosh tortdi. Arzlarning rad etilishini Saudiya Arabistoni vakillari iltimos qilishgan. Bu haqda Middle East Eye nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bu qaror AQShning 2016 yilgi “Terrorchilik homiylariga qarshi adolat” qonuniga asosan qabul qilingan. Bu qonun suveren immunitetdan ozod qilishni ko‘zda tutib, qurbonlar oilalariga xorijiy hukumatlar ustidan sudlarga arz qilish imkonini beradi.
Qurbonlar yaqinlari o‘z arzlarida 11 sentabrdagi teraktni amalga oshirgan ko‘pchilik terrorchilar Saudiya Arabistoni fuqarolari bo‘lgani, qirollik hukumati esa ularga “ko‘mak berganini” ko‘rsatishgan.
Saudiya Arabistoni bu jinoyatlarga aloqasi yo‘qligini ta'kidlab keladi va o‘ziga nisbatan AQSh qonuni qo‘llanishiga qarshi chiqib keladi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026