Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamdardlik: Kun.uz o‘quvchilari yordami bilan Hindistonga yo‘l olgan Muhammadziyo vafot etdi
Shu yilning yanvar oyida KUN.UZ tahririyati Andijon viloyati, Izboskan tumani, To‘rtko‘l qishlog‘ida yashovchi bolakay Muhammadziyo Obidjonovning Hindistonga borib jarrohlik amaliyoti o‘tashi uchun xayriya aksiyasi boshlagan edi.
Yurak porogi tashxisi bilan tug‘ilgan uch yoshli bemor tuzalib ketishi uchun juda ko‘p ezgu niyatli insonlar yaqindan yordam berib, jarrohlik operatsiyasi uchun tez kunlarda kerakli mablag‘ yig‘ilgan va Muhammadziyoni saytimiz xodimlari hind yurtiga kuzatgan edi.
Afsuski, Muhammadziyoning umri qisqa ekan. Tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlari ham yordam bermadi. Murg‘ak bolakay o‘tgan haftada, Hindistondan qaytgach hayotdan ko‘z yumdi.
Uning otasi Obidjon aka hamda onasi Go‘zalxon aloqaga chiqib, mash'um xabarni yetkazishdi.
«Farzandimning yuragi kasallikka chidash bera olmadi. Berib qo‘ydik. O‘g‘limizning dardini xuddi o‘zining jigarbandinikidek qabul qilib, yaqindan yordam bergan barcha ezgu niyatli, ehsonli kishilarga tashakkurimizni yetkazing. Boshimizga og‘ir kunlar tushganida, dunyoda yaxshi insonlar juda-juda ko‘p ekanligini bildik. Bizga mablag‘ bilan ko‘mak bergan, telefon orqali ko‘nglimizni ko‘targan barcha insonlardan Alloh rozi bo‘lsin», deydi uning yaqinlari.
Murg‘ak bolajonga umid bag‘ishlab o‘tkazgan xayriya aksiyamizda ishtirok etgan insonlarga tahririyatimiz nomidan chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Barchamizni chin insoniylik sifatlari tark etmasin.
Taqdiri ilohiyga ko‘nmay ilojimiz yo‘q.
Kun.uz sayti marhum Muhammadziyoning oila a'zolariga barchaning nomidan hamdardlik bildiradi.
Mavzuga oid
12:07 / 25.02.2026
Kiberfiribgarlik: bemor bolalar uchun xayriya videolari orqali pul yig‘gan shaxs ushlandi
21:57 / 16.02.2026
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
10:36 / 25.08.2025
Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi
20:18 / 08.05.2025