Foto: Namanganda suv oralab
«KUN.UZ»ga qilingan murojaatlarning navbatdagisi Namangan shahrining chekka hududidagi ko‘chalardan biridan yo‘llandi.
Suratlarda ko‘rib turganingizdek, «Madaniy maorif» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan «Bog‘» (Sobiq Soli Adashev) ko‘chasi har gal yog‘in-sochin kunlarda mana shunday abgor ahvolga kelib qoladi. «Imi-jimida» qilingan ta'mirlash ishlari natijasi o‘laroq bu yerdan o‘tgan har qanday kishining ta'bi xira bo‘layotgani, ko‘ngli ranjiyotganini ularning yuz-ko‘zidan anglab olish qiyin emas.
Muammo shundaki, yer ostidan o‘tgan irrigatsiya tizimlari ancha eskirib, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Bir necha bor shag‘al yotqizilib, tekislanganiga qaramay yoqqan yomg‘irga yer qa'ridan chiqqan suv qo‘shilib, kattagina ko‘lmak hosil bo‘ladi. Piyodalar bu vaqtda ming mashaqqat bilan ko‘chadan o‘tib olishadi.
Viloyat «Suvoqova» korxonasi mutasaddilari bu yerga kelib, biror amaliy ish qilish borasida aholi bilan uchrashmagan.
Aslida bu ko‘pchilikka bir qarashda mayda muammodek tuyulishi mumkin. Biroq muammoning katta-kichigi bo‘lmaydi. Kichik jarohatni o‘z vaqtida tuzatmasangiz, u yaraga aylanishi muqarrar. Achinarlisi shundaki, bu muammo haqida xabardor etganimizga qaramay Namangan shahar hokimligi mutasaddilari, Namangan shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hanuzgacha amaliy ishga kirishilganicha yo‘q.
«KUN.UZ» tahririyati Namangan shahar hokimligi, shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamda Namangan shahar IIB mas'ulligidagi sektor mutasaddilaridan bu muammoni ijobiy hal etish borasida amaliy harakatlarni kutib qoladi.
Oqilxon Dadaboyev,
jurnalist
Mavzuga oid
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
11:35 / 06.11.2024
18 yoshli xavfli retsidivist: Namanganda mashina olib qochgan o‘smir ozodlikdan mahrum qilindi
17:26 / 04.11.2024
Namanganda aholiga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 13 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
21:36 / 03.11.2024