Jamiyat | 08:37 / 29.03.2018
18027
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Hamkorbank" ATB O‘zbekistonda birinchi bo‘lib onlayn konversiya xizmatini taqdim etadi

Endi konversiya (bir valyuta turini ikkinchisiga ayirboshlash) amaliyotini bajarish uchun bankka tashrif buyurishga ehtiyoj qolmadi.

“Hamkorbank" ATB "Onlayn konversiya" xizmatini Hamkor Mobile ilovasi yordamida amalga oshirishni taklif etadi. Respublikadagi istalgan bank UzCard plastik kartalaridan Hamkorbank konversion kartalariga pul mablag‘larini o‘tkazish mumkin.

Foto: Hamkorbank

Konversiya amaliyotlarini bajarish uchun Hamkorbank UnionPay yoki VISA konversiya kartasiga ega bo‘lishingiz kifoya. Konversion kartalarni Sizga qulay bo‘lgan bank filialiga murojaat etib rasmiylashtiring. Filiallar joylashuvi to‘g‘risida batafsil ma'lumotni shu yerdan (https://hamkorbank.uz/uz/content/filialy/link/Tashkent) bilib olishingiz mumkin.

Muhim eslatma – so‘m hamda valyuta kartalari bo‘yicha SMS xabarnoma xizmati mijozning bitta telefon raqamiga bog‘langan bo‘lishi kerak. Eng kam sotib olish mumkin bo‘lgan valyuta miqdori 1 AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi lozim.

Hamkor Mobile ilovasini ko‘chirib oling va onlayn konversiya amaliyotini bankka murojaat qilmasdan, o‘zingizga qulay bo‘lgan joyda amalga oshiring.

Android smartfonlari uchun ilovani ko‘chirib oling!

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid