27 avgust kuni Milliy matbuot markazida çet el kapitali iştirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki taşkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar uçun matbuot anjumani bölib ötdi. Matbuot anjumanida «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki Boşqaruv a'zolari iştirok etişdi.
Tadbirda bank boşqaruv a'zolari «Hamkorbank»ning faoliyat yöli va istiqboldagi rejalari haqida ma'lumot berişdi. Şuningdek, jurnalist va blogerlar özlarini qiziqtirgan savollarga bank rahbariyatidan javob olişdi.

Bugungi kunga kelib bank respublikaning barça hududlarida faoliyat yuritayotgan 46 ta filialiga, şuningdek, mijozlarga yanada yaqinroq böliş maqsadida respublikaning çekka şahar va tumanlarda ham 100 dan ortiq «Bank xizmatlari ofislari»ga ega. Şuningdek, bank bölinmalarida hamda respublika şahar markazlarining aholi gavjum joylarida 130 dan ortiq 24/7 öz-öziga xizmat körsatiş şoxobçalari faoliyat yuritmoqda. Aynan bankning 30 yilligi arafasida – sentyabr oyida 47-filial – bankning Mirobod filiali öz faoliyatini boşlaydi.
Matbuot anjumani davomida «Hamkorbank» ATB Boşqaruv raisi örinbosari Jasurbek Hasanov tomonidan bank uçun xalqaro moliya bozorida tan oliniş muhim ahamiyatga egaligi alohida ta'kidlandi.

«2000 yilda bank respublikada birinçilardan bölib xalqaro standartlar asosida audit ötkazgan. Asosiy maqsad – xalqaro miqyosda faoliyat olib boruvçi nufuzli moliya institutlariga bank oçiqligini namoyon etiş, ularni jalb etiş. Natijada 2001 yili Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) «Hamkorbank»ka davlat kafolatisiz mablağ ajratdi», – dedi Jasurbek Hasanov.
2010 yilda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi «Hamkorbank» aksiyadori böldi. 2014 yilda Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) bankning ikkinçi xorijiy aksiyadoriga aylandi va «Hamkorbank» çet el kapitali iştirokidagi bank maqomiga ega böldi. Aynan şu yildan Osiyo Taraqqiyot Banki, Germaniya Taraqqiyot banki, Jahon Banki tarkibiga kiruvçi Xalqaro Taraqqiyot Uyuşmasi va Islom Xususiy Sektorni Rivojlantiriş Korporatsiyasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yölga qöyildi. 2018 yilda esa “ResponsAbility Investmens” xalqaro investitsion kompaniyasi ham bankning aksiyadorlari qatoriga qöşildi.



















