«Hamkorbank» 25 fevraldan boşlab Rossiyaning «Sberbank»iga tegişli mobil ilova orqali özining plastik kartalariga yuborilayotgan mablağlarni kartalarga kirim qilişni vaqtinçalik töxtatdi.

«Bank tizimlarida olib borilayotgan texnik işlar va mijozlarimizning moliyaviy yöqotişlariga yöl qöymaslik maqsadida «Sberbank Onlayn» ilovasi orqali «Hamkorbank» plastik kartalariga yuborilayotgan mablağlarni kartalarga kirim qiliş 2022 yil 25 fevral kunidan vaqtinçalik töxtatildi. Noqulaylik uçun uzr söraymiz», deyiladi xabarda.

Kun.uz muxbiri boğlangan bank mas’ul xodimi sözlariga köra, bu qaror qabul qilinişiga rubl kursining tuşib ketgani va beqarorligi sabab bölgan.

«Rossiya va Ukraina örtasida yuzaga kelgan inqiroz sabab rubl kursi bir kunda 5-10 martagaça özgaryapti va qadrsizlanib ketdi. Şu sabab mehnat migrantlari jiddiy moliyaviy zarar körişining oldini oliş maqsadida «Sberbank Onlayn» ilovasi orqali ötkazmalar vaqtinçalik töxtatildi. Aloqa kanallarimizga odamlar tomonidan kam mablağ tuşgani haqida murojaatlar ham köpaygandi. Migrantlarimizga vaziyat barqarorlaşgandan keyin ötkazmalarni amalga oşirişni maslahat beramiz», dedi mutaxassis.

Avvalroq, AQŞ Moliya vazirligi Rossiyaning 80 foizlik bank sektori — «Sberbank», «Vneştorgbank», «Gazprombank», «Otkrytiye», «Sovkombank» va «Novikombank» banklariga qarşi sanksiyalar joriy qilgandi.