Mijozlar iştirokida kartalarni çiqariş – bu nafaqat noyob imkoniyat va texnologiya rivojida oldinga qadam, balki şu yerda va hozir mijozlar muammolarini hal qiliş imkoniyatidir. UZCARD fintex-industriyasining eng yirik iştirokçisi sifatida bank xizmatlarini körsatişda köplab jarayonlarni avtomatlaştirişga faol hissa qöşmoqda. Şunday qilib, UZCARDʼning yangi yeçimi banklarga tezkor emissiya tölov kartalarini bevosita öz filiallarida çiqariş va mijozlarga xizmat körsatişning tubdan yangi darajasiga çiqiş imkonini berdi.

Endilikda “Hamkorbank”ning Özbekiston böylab 49 ta filialida yangi namunadagi kartalarni bir lahzada çiqariş xizmati yölga qöyilgan. Bunday kartalarni şaxsiylaştiriş jarayoni mijoz bank bilan boğlangan paytdan boşlab, karta çiqarilgan va faollaştirilgan paytgaça taxminan beş daqiqa davom etadi.

Yangi namunadagi UZCARD kartalari – bu NFC-li embossirlangan kartalar bölib, ular orqali ham kontakt, ham kontaksiz usullarda tölaş, bankomat xizmatlaridan foydalaniş va jamoat transportida tölovni bir teginiş orqali amalga oşiriş mumkin.

Agar har xil turdagi kartalar bilan soliştiradigan bölsak, şuni ta’kidlaş mumkinki, embossirlangan bank kartalari yanada mukammal hisoblanadi. Ularga börttirma qilingan belgilarni soxtalaştiriş deyarli mumkin emas.

Uşbu kartalarning bir qator boşqa afzalliklarini ham ta’kidlaş lozim:

  • Embossirlangan kartalar vaqt ötişi bilan eskirmaydi, börttirma ma’lumotlarning öqilişi saqlanib qoladi.
  • Avvaldan embossirlangan kartalar – premium namuna bölib, öz vaqtida maqomga ega bölgan oltin va platinali tölov kartalari uçun möljallangan edi. Va bugungi kunda bunday plastik banklarning öziga xos belgisiga aylanmoqda.
  • Barmoqlaringiz bilan karta ma’lumotlarini öqiş imkoniyati muhim jihatlardan biridir. Bank kartalari egalari nafaqat soğlom mijozlar, balki imkoniyati çeklangan şaxslar hamdir. Bu közi ojiz mijozlar uçun qöşimça ijtimoiylaşiş va ularga ğamxörlik qiliş imkoniyatidir.

Xizmatdan foydalaniş uçun mijoz bank filiallaridan biriga kelişi kerak. Rasmiylaştiriş uçun faqat pasport kerak.

Uşbu xizmatga “Özbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ, “Xalq banki” AT, “Agrobank” ATB, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, “Asakabank” AT, “DAVR BANK” XATB, “Garant Bank” AJ qöşilgan.

2023 yil davomida UZCARD respublikaning barça bank filiallarini uşbu xizmatga ulaşni rejalaştirmoqda, bu esa mamlakatning istalgan joyida embossirlangan UZCARD kartalarini oliş imkoniyati va qulayligini ta’minlaydi.