Jahon | 08:24 / 29.03.2018
20196
2 daqiqa o‘qiladi

Kuba Rossiya diplomatlari «quvg‘inidan» xavotirda

Foto: Ramon Espinosa/AP

Kuba Tashqi ishlar vazirligidan ma'lum qilinishicha, g‘arb davlatlaridan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi xalqaro huquq va BMT nizomi normalariga ziddir. Bu haqda RIA «Novosti» Kuba TIVga asosan xabar bermoqda.

«Biz AQSh va NATOga a'zo mamlakatlar tomonidan ko‘plab rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilayotganini afsus bilan kuzatmoqdamiz. Bu harakatlar hodisani atroflicha o‘rganmasdan, surishtiruv natijalarini olmasdan turib amalga oshirildi hamda xalqaro munosabatlarda istalgan mojaroni xalqaro huquq va BMT nizomiga muvofiq muloqot, tushunish hamda hamkorlik yo‘li bilan hal etish bo‘yicha pozitsiyaga zid», - deya xabar qilinadi Kuba TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Britaniyani rossiyaliklar xavfsizligini ta'minlay olmaslikda ayblagandi.

«Britaniya hukumati o‘z hududida rossiyalik fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga qodir emasligini bir necha marta ko‘rsatib berdi. Xususan, bunga Rossiya FXX sobiq xodimi Aleksandr Litvinenkoning zaharlanishi, rossiyalik tadbirkorlar Badri Patarkatsishvili hamda Aleksandr Perepilichniy sirli o‘limi, Boris Berezovskiyning shubhali ravishda «o‘z joniga qasd qilishi» va uning hamkori Nikolay Glushkovning bo‘g‘ib o‘ldirilishi, shuningdek, Sergey Skripal hamda uning qizi Yuliya Skripalga uyushtirilgan hujum misol bo‘la oladi», - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.

Mavzuga oid