Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sichqonlarning 97 foizida o‘simtani yo‘q qilgan yangi vaksina odamlarda sinaladi
Amerikalik olimlar guruhi saraton kasalliklariga qarshi yangi vaksina 97 foiz sichqonlardagi o‘simtalarni yo‘q qilgani va endi odamlarda sinovdan o‘tkazilishi haqida ma'lum qildi. "Ortodoks" tibbiy portalida xabar berilishicha, vaksina og‘riqli salbiy ta'sirlarga ega emas va u kimyoviy muolajalar zaruratini bartaraf etadi.
Tadqiqotning yetakchi muallifi Stenford universiteti doktori Ronald Levi shunday deydi: "Dunyoda saraton degan katta muammo bor, shunday ekan olimlarning asosiy vazifasi bu halokatli kasallikni yo‘q qilish yechimlarini topishdir". Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi vaksina mustahkam immun tizimini yaratadi, so‘ngra kasallikning limfoma kabi ma'lum bir shakllarida o‘simtalarga hujum qiladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yangi vaksina 97 foiz sichqonlarda saraton kasalligini yo‘q qilgan. Levining aytishicha, vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan taqdirda, 1-2 yildan so‘ng uni tibbiyotda faol qo‘llay boshlashadi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
21:00 / 27.04.2026
Olimlar yurak saratonining kam uchrashi sababini aniqladi
10:51 / 20.03.2026