20:50 / 29.03.2018
8808

Turkiya razvedkasi Kosovoda Gulenning tarafdorlarini qo‘lga oldi

Foto: aa.com.tr

Turkiyaning milliy razvedka tashkiloti xodimlari Kosovoda ushbu mamlakat razvedka xizmati ko‘magida turk muxolifi Fathulloh Gulen tashkilotining (FETO) 6 nafar a'zosini qo‘lga olib, Turkiyaga yetkazdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, Turkiyaga razvedka samolyotida Jixan O‘zkan, Kahramon Demirez, Hasan Husayn Gunakan, Mustafo Erdem, Osman Karakaya va Yusuf Karabin ismli shaxslar yetkazilgan. Ularning barchasi Turkiya sud organlariga topshirilgan.

Anqaraning versiyasiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Bolqon davlatlarida faoliyat yuritib, FETO tarafdorlarining Turkiyadan Yevropa davlatlari va AQShga qochishlarini tashkillashtirgan.

Mavzuga oid
Top