Rasmiy ma’lumotlarga köra, byulletenlarning 99,4 foizi sanab çiqilganidan söng Albin Kurti boşçiligidagi siyosiy kuç 43 foiz ovoz töplagan.

Ikkinçi örinni 21 foiz ovoz bilan Kosovo Demokratik partiyasi egallagan bölsa, Kosovo Demokratik ligasi 18 foiz natija bilan uçinçi böldi. «Kosovo kelajagi uçun alyans» esa qariyb 7 foiz ovoz töpladi.

Saylovlarda iştirok etiş darajasi 37 foizdan sal kamroqni taşkil qildi.

Bu Kosovoda sönggi bir yarim yil içida ötkazilgan uçinçi parlament saylovidir. Mutaxassislar fikriça, mamlakatda kuzatilayotgan siyosiy beqarorlik va partiyalar örtasidagi kelişmovçiliklar hukumat şakllantiriş jarayonini murakkablaştirmoqda.

Albin Kurti partiyasi saylovda birinçi örinni olgan bölsa-da, parlamentda mustaqil köpçilikni ta’minlaş uçun yetarli örinlarga ega emas. Şu sababli hukumat tuziş uçun boşqa siyosiy kuçlar bilan koalitsiya tuzişga töğri keladi.

Eslatib ötamiz, 2025 yil dekabr oyida bölib ötgan avvalgi saylovlarda ham «Öz taqdirini özi belgilaş» partiyasi 51,1 foiz ovoz bilan ğolib çiqqan edi. Biroq joriy yil aprel oyida parlament tarqatib yuborildi. Bunga siyosiy kuçlarning mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod böyiça kelişa olmagani sabab bölgan.

Kosovo prezidenti asosan ramziy va vakillik vakolatlariga ega bölsa-da, mazkur masala mamlakatdagi siyosiy inqirozni yanada çuqurlaştirgan.

Reuters agentligi qayd etişiça, Albin Kurti va uning partiyasi ğarbga yaqin siyosat yuritadi. Kosovo Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişni strategik maqsad sifatida belgilagan. Bryussel esa Priştinadan barqaror davlat institutlarini şakllantiriş va islohotlarni jadallaştirişni talab qilmoqda.

51 yoşli Albin Kurti Kosovoning şimolida yaşovçi serb ozçiligiga nisbatan qat’iy siyosat yuritişi bilan ham tanilgan. U hukumat nazoratini serblar köpçilikni taşkil etuvçi hududlarga kengaytiriş tarafdori hisoblanadi.

Ma’lumki, Kosovo 2008 yilda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qilgan. Biroq Serbiya, Rossiya hamda Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari — Ispaniya, Gretsiya, Kipr, Slovakiya va Ruminiya Kosovo mustaqilligini hanuzgaça tan olmagan.