Jahon | 09:23 / 30.03.2018
6708
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda qahva ishlab chiqaruvchilar endi mahsulot xavfliligi to‘g‘risida ogohlantiradi

Foto: Pixabay

Kaliforniya sudi shtat hududida faoliyat yurituvchi sotuvchilarga, ya'ni 90 reteylerga xaridorlarni bu ichimlik iste'moli natijasida onkologik kasalliklar yuzaga kelish xavfidan ogohlantirish majburiyatini yukladi. Reuters shu haqida xabar berdi

Qahva savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga qarshi faollar guruhi ish ochgan. Hujjatda ular shtatning xaridorlarni mahsulotlardagi onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan zararli moddalar mavjudligidan ogohlantirishga doir qonuniga asoslanishgan. 

Shunday moddalardan biri akrilamid hisoblanadi. Akrilamid – qahva donachalarini qovurish jarayonida hosil bo‘ladigan kanserogen modda.

Los-Anjyeles Oliy sudi sudyasi Elixu Berl o‘z qarorida qahva sotuvchilari akrilamidning ichimlik tarkibida beziyon miqdorda ekani va uning iste'molchilar sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini isbotlay olishmagan. 

Sotuvchi-kompaniyalar 10 aprelga qadar appelyatsiyaga topshirishlari mumkin. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid