Jahon | 08:59 / 30.03.2018
23202
1 daqiqa o‘qiladi

«Yanada yomonlashadi». Oq uy Rossiyadan amerikalik diplomatlar chiqarib yuborilishiga izoh berdi

Foto: KUN.UZ

Rossiyadan amerikalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi bo‘yicha qaror ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada yomonlashishini anglatadi. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uy matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

«Rossiyaning amerikalik diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha harakatlari Rossiya-AQSh o‘zaro munosabatlari bundan keyin yanada yomonlashishini anglatadi», - deya ma'lum qilishgan matbuot xizmatidan.

Shu bilan birga, Oq uydagilarning fikricha, shu hafta boshida AQShdan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi bo‘yicha qaror «Rossiya tomonidan Buyuk Britaniya hududida amalga oshirilgan hujumga mos javob bo‘ldi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Peterburgdagi konsulxonasini yopishi, bu Sietlda Rossiya konsulxonasi ishi to‘xtatilganiga javoban yuz berishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid