Jahon | 09:25 / 29.03.2018
19558
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan javob: AQShning Peterburgdagi konsulxonasi yopiladi

Foto: RIA Novosti/Aleksandr Galperin

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Peterburgdagi konsulxonasini yopadi. Bu Sietlda Rossiya konsulxonasi ishi to‘xtatilganiga javoban yuz beradi, deb yozmoqda «Izvestiya» gazetasi TIVdagi yuqori mansabli manbaga asosan.

«Manbaning so‘zlariga ko‘ra, TIV Rossiya prezidenti Vladimir Putinga aynan shunday taklif bilan chiqdi, u bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladi. RF diplomatik doiralaridagi boshqa ikki suhbatdosh ham shunday ma'lumotni tasdiqladi», - deyiladi xabarda.

Shuningdek manbaning ta'kidlashicha, Moskva katta ehtimol bilan Peterburgdagi konsulxonani yopadi, sababi u AQShning Vladivostok yoki Yekaterinburgdagi konsulligidan ko‘ra muhimroqdir. Uning qayd etishicha, Rossiya AQShning mamlakatdan diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha qaroriga xuddi shunday qadam bilan javob qaytaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari rossiyalik 60 nafar diplomatga mamlakatni tark etish uchun bir hafta muddat bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid