Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXL klubi havaskor xokkeychini darvozaga qo‘yib, g‘alaba qozondi
Foto: Yahoo Sports
Shimoliy Amerikaning Milliy xokkey ligasi (MXL) vakili «Chikago Blek Xouks» klubi «Vinnipeg Jyets»ga qarshi o‘yinda 36 yoshli hisobchi, havaskor darvozabon Skott Foster xizmatidan foydalanishga majbur bo‘ldi.
O‘yindan oldin jamoaning ikki nafar darvozaboni jarohat olib, safdan chiqqan edi. Bellashuvning uchinchi bo‘limi 6-daqiqasida, hisob «Chikago» foydasiga 6:2 bo‘lib turganida, mezbonlar tarkibida qolgan so‘nggi posbon, 23 yoshli Kollin Delia ham jarohat olib, muzni tark etdi. Natijada, uning o‘rnini Skott Foster egalladi va o‘yin oxiriga qadar 7ta zarbani qaytarib, birorta gol o‘tkazib yubormadi.
Qizig‘i shundaki, «Chikago» o‘yindan oldin Foster bilan bir kunlik shartnoma imzolagan edi. Havaskor xokkeychi esa murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlab, «Kunning birinchi yulduzi» deb topildi.
Mavzuga oid
01:44 / 23.03.2026
Ovechkin MHLdagi 1000-golini urdi
11:45 / 08.06.2018
«Vashington Kepitalz» o‘z tarixida ilk marotaba Stenli Kubogini qo‘lga kiritdi
13:00 / 16.09.2017
XOQ prezidenti MXL klublari egalariga bayonot bilan chiqdi
13:59 / 16.02.2017