Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Amerika Milliy xokkey ligasi (MXL) klublari egalarini öyinçilarni 2018 yilda Janubiy Koreyaning Pxyonçxanida bölib ötadigan qişki Olimpiya öyinlariga qöyib yuborişga çaqirdi.

«MXL pozitsiyasini tuşuniş muşkul. Barça şunday xulosaga kelişi mumkinki, ular Pekinda 2022 yilda ötkaziladigan Olimpiadada iştirok etişni muhokama qilmoqda. Men MXLdagi ba'zi klublarning rahbarlari öz öyinçilariga 2018 yilgi Olimpiadada qatnaşişga imkon berişlarini xohlayman», - deya Baxning sözlarini keltiradi Inside The Games.

4 aprel kuni MXL liga öyinçilarining 2018 yilgi Olimpiya öyinlarida qatnaşişiga taqiq qöyilgani haqida rasman ma'lum qildi.

8 sentabr kuni esa IIHF MXL xokkeyçilariga Olimpiada-2018’da tegişli ruxsatnoma olmasdan qatnaşişga imkon bermasligi ma'lum böldi.