«Vaşington Kepitalz»ning rossiyalik hujumçisi Aleksandr Oveçkin MHL muntazam çempionatining «Kolorado Evelanş»ga qarşi uçraşuvida gol urdi va pley-offlarni ham hisobga olgan holda liga tarixida 1000 ta gollik körsatkiçga erişdi.

40 yoşli Oveçkin hisobida muntazam çempionatlarda 923 ta va pley-offda 77 ta gol böldi. U jami 1723 ta öyin ötkazgan (muntazam çempionatda 1562 ta va pley-offda 161 ta).

Bu borada MHL rekordçisi kanadalik Ueyn Gretski hisoblanadi — u 1694 ta (1487+207) öyinda 1016 ta (894+122) gol urgan.

Aleksandr Oveçkin muntazam çempionatlarda urilgan gollar soni böyiça MHL rekordçisi bölib, ötgan mavsumda Gretskining rekordini yangilagan edi.

«Kolorado»ga qarşi öyindan söng «Vaşington»da muntazam çempionatda yana 11 ta öyin qoladi. Hozir jamoa Şarqiy konferensiyada 12-örinda bormoqda va pley-off hududidan taşqarida joylaşgan.