AQŞning “Florida” xokkey jamoasi hujumçisi Yaromir Yagr Milliy xokkey ligasining doimiy çempionatidagi “San-Xose”ga qarşi keçgan bahsda (6:5 OT) faoliyatidagi 1900 oçkoni qölga kiritdi. U mehmonda ötgan bellaşuvning uçinçi bölimida gol bilan yakunlangan uzatma berdi.

Şu tariqa, 45 yoşli çexiyalik maşhur xokkeyçi liga tarixida bu körsatkiçga erişgan ikkinçi öyinçiga aylandi. Öz faoliyati davomida bundan ham köproq oçkoni faqatgina afsonaviy Ueyn Grettski yiğişga muvaffaq bölgan – 2857.

Şuni alohida ta'kidlab ötiş joizki, Yagr bunday natijani öz tuğilgan kunida qayd etdi.