Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyadagi harbiy qudratini oshirmoqda
Bugun, 30 mart kuni Xmeymimdagi aviabazaga rossiyaliklarning yana 3ta samolyoti kelib qo‘ngan. Bu haqda Al-Masdar News xabar tarqatdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyadan bitta Tu-154M avialayneri hamda ikkita Su-34 rusumli qiruvchi-bombardimonchisi kelgan. Shu tariqa, bazada qiruvchi samolyotlar soni 8taga yetdi. Qayd etilishicha, shunday tipdagi ikkita samolyot ham aviabaza qudrati o‘sganini anglatadi.
Shu bilan birga, bu samolyotlar aviabazaga vaqtinchalikka olib kelingan bo‘lishi ham mumkin. Bu samolyotlar Tu-154M samolyotini qo‘riqlab kelgani, tez orada qaytib ketishi haqida aytilmoqda.
Mart oyi boshida internetda Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari vertolyotlari Suriyadagi jangarilarni o‘qqa tutayotgani videosi paydo bo‘lgandi.
Fevral oyida aerodromga Rossiyadan beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlari keltirilgandi.
Xmeymim aerodromi 2015 yil kuzidan buyon Rossiya Harbiy-kosmik kuchlarining Suriyadagi aviabazasiga aylangan. O‘shanda Damashq so‘rovi bilan Rossiya Suriya hududiga kirgan va jangarilarga aviazarbalar berishni boshlagandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026