Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinga AQSh yangi qurollanish poygasida g‘alaba qozonishini aytgan
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon muloqoti davomida agarda Rossiya yangi qurollanish poygasini xohlayotgan bo‘lsa – buni amalga oshirish mumkin ekanini ma'lum qildi. Bu haqda NBC News manbaga asosan xabar bermoqda.
«Agarda siz (Putin) yana qurollanish poygasini boshlamoqchi bo‘lsangiz, biz buni qilishimiz mumkin, biroq unda men g‘alaba qozonaman», - deya Trampning so‘zlarini keltiradi telekanal manbasi.
Biroq, ta'kidlanishicha, Tramp shundan so‘ng Rossiya bilan munosabatlardagi keskinlik haqida boshqa gap ochmagan.
Manbalar so‘zlariga ko‘ra, u Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bunda ikki davlat o‘rtasidagi qurollanish poygasini qisqartirish masalasi muhokama etiladi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026