Jahon | 08:30 / 30.03.2018
11071
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Suriyadan tez orada chiqib ketishimiz mumkin

Foto: The Washington Pos

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Suriyadan IShID terrorchilik guruhi tor-mor keltirilganidan so‘ng chiqib ketishi mumkin. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Biz IShIDni taslim etmoqdamiz, Suriyadan juda tez orada chiqib ketamiz. Boshqa odamlar endi bu haqda qayg‘ursin. Biz o‘zimiz istagan mamlakatimizga qaytib ketamiz», - deya aytib o‘tgan Tramp.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, IShID o‘zi tomonidan egallab olingan hududning 100 foizini yo‘qotadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Suriyada kurd ko‘ngillilari qo‘llab-quvvatlanishini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid