08:06 / 30.03.2018
5619

Fransiya prezidenti Suriyada kurd ko‘ngillilari qo‘llab-quvvatlanishini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) delegatsiyasi bilan uchrashdi hamda Parij ularni qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» davlat rahbari matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

«U (Fransiya prezidenti) «Suriya demokratik kuchlari»ga Fransiya ularni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bunda Suriya shimoli-sharqidagi xavfsizlik hududini barqarorlashtirish birinchi o‘rinda turadi», - deya aytib o‘tishgan matbuot xizmatidan.

Avvalroq OAV Fransiya hukumati Suriyaning Manbijida kurd ko‘ngillilariga yordam uchun qo‘shin jo‘natishga qaror qilgani haqida xabar bergandi.

Top