21:40 / 30.03.2018
34420

Zulfiya nomidagi davlat mukofotini berish tartibi o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga asosan xotin-qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Bu haqda tegishli farmon matniga asosan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, endilikda mazkur davlat mukofoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida ta'lim, fan adabiyot, madaniyat, san'at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berilishi e'tirof etildi.

Shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadigan bo‘ldi.

«Huquqiy axborot» messenjer kanalida yozilishicha, mukofot ilgari har bir hudud vakilasiga bittadan berilar edi. Shu bilan birga, mukofot adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga berilardi.

Top