Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 19 yoshli qizni kanaldan qutqarmoqchi bo‘lgan 21 yoshli yigit cho‘kib ketdi
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 21 yoshli yigit cho‘kib ketdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 29 mart kuni soat 17.00larda, 1999 yilda tug‘ilgan M.R. Uchqo‘rg‘on shahar “Ulug‘bek” MFY Nodira ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi “Shimoliy Farg‘ona” kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib, oqib ketayotgan vaqtida uni qutqarish maqsadida shu yerdan o‘tib ketayotgan Uychi tumani “Ziyokor” MFYda yashagan, 1997 yilda tug‘ilgan S.I. o‘zini suvga tashlagan vaqtida cho‘kib ketgan.
Natijada M.R. qutqarib olinib kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026