Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda YPX xodimlari maktab o‘quvchilariga yo‘llarda harakatlanish tartib-intizomini tushuntirishmoqda
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2833 sonli qaroriga binoan, har haftaning payshanba kunlari «Profilaktika kuni» deb belgilangan.
Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan mazkur qarorning ijrosini ta'minlash, aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlari olib borilishi muntazam yo‘lga qo‘yilgan, deyiladi viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining Kun.uzֺ’ga bergan ma'lumotida.
Jumladan, viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining mas'ul xodimlari viloyatdagi avtomotohavaskorlar ko‘ngilli jamiyatining «Yo‘l harakati qoidalari» fani bo‘yicha mutasaddi o‘qituvchilari bilan hamjihatlikda viloyatdagi barcha shahar va tumanlarda maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta'lim muassasalarining katta yoshdagi guruhlari tarbiyalanuvchilari uchun yo‘l harakati qoidalari va yo‘llarda piyodalarning harakatlanish tartib-intizomlari haqida bolalar anglaydigan tarzda tushuncha berishmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand shahridagi 50-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘tkazildi.
Qayd etish joizki, profilaktika kunlari o‘tkazilayotgan ushbu ishlar YHXB xodimlari tomonidan ko‘ngilli ravishda amalga oshirilmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026