Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda parlament saylovlari o‘tadigan sana ma'lum qilindi
Afg‘onistonning mustaqil saylov komissiyasi rahbari Guljon Badi Sayod mamlakatda parlament va hududiy saylovlar 20 oktabrga belgilanganini tasdiqladi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Afg‘onistonda avvalgi parlament saylovlari 2010 yilda o‘tgan. Navbatdagi saylovlar 2016 yil oktabrda o‘tishi kerak edi, biroq saylovlar sanasi ko‘chirilgan. Parlamentning yangi tarkibi 2018 yil iyulda saylanishi kutilgandi. Biroq texnik murakkabliklar sababli saylovlar kechroq muddatga qoldirilgan, ammo hukumat saylovlar 2018 yil oxirigacha o‘tishiga va'da bergandi.
Sayodning aytishicha, saylovlarda barcha partiya va institutlarning qatnashishi komissiyaga ochiq-oydin va adolatli ovoz berishni tashkillashtirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026