Jahon | 12:30 / 01.04.2018
16957
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya, Rossiya va Eron prezidentlari yana uchrashadi

Foto: Anadolu

4 aprel kuni Anqara shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Suriya masalasini muhokama qiladi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatidan xabar qilishlaricha, siyosatchilar uchrashuvidan bir kun oldin, 3 aprel kuni Anqarada Rossiya-Turkiya Oliy darajadagi hamkorlik kengashining yettinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Yig‘ilish Erdo‘g‘an va Putin raisligida o‘tkazilib, unda ikki davlat munosabatlari keng ko‘lamda muhokama etiladi. 

Turkiyaga tashrif doirasida Putin «Akkuyu» AESga poydevor yotqizish marosimida ishtirok etadi.

Shu kunlarda Turkiya va Eron prezidentlarining ikki tomonlama uchrashuviga ham tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid