Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh tarixida ilk marta o‘zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi
Shu yilning 14 iyun kuni Rossiyada Jahon chempionati bahslariga start beriladi. Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e'lon qilgan bo‘lib, bu ro‘yxatda hamyurtlarimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar bor.
FIFA Jahon chempionati uchrashuvlarida ishlaydigan komissarlar ro‘yxatini ham e'lon qildi. Unga ko‘ra, JCh tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik mutaxassis mundial o‘yinlarida komissar sifatida ishlaydigan bo‘ldi.
O‘FA matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCh-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan.
Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026