Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda aviazarba oqibatida 60 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari deb taxmin qilinayotgan kuchlarning Qunduz viloyatiga bergan aviazarbasi oqibatida 60 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Hujum davomida “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan nazorat qilinuvchi Dasht-a-Archi tumanidagi madrasa binosi barbod bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi toliblar va mahalliy aholidir.
Pajhwok axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 20 kishi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Aviazarba vaqtida madrasada 200 dan ko‘proq odam, jumladan “Tolibon” oliy kengashi – Pokistonning Kvetta shahrida joylashgan “Kvetta sho‘ro” a'zolaridan biri bo‘lgan.
2017 yilda Afg‘onistonda “Tolibon” va IShID terrorchilik guruhining hujumlari oqibatida 10 mingdan ko‘proq tinch aholi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026