Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik keksa fermer uzoq umr ko‘rish siri bilan bo‘lishdi
Foto: Rik Pizaturo /Facebook
Avstraliyalik keksa otaxon o‘z hayoti tarixi haqida so‘zlab berib, 95 yoshda bo‘lsa-da, ishini tashlash niyati yo‘qligini ta'kidladi. Mahalliy 9news portali shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Rik Pizaturo 1922 yilda Italiyada dunyoga kelgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Antigitler koalitsiyasi vakillari uni asirga olishgan va Avstraliyaga jo‘natishgan. U yerda erkak fermaga ishga kirgan va haftasiga yetti kun tongdan tunggacha mehnat qilgan. O‘shandan buyon uning grafigi o‘zgarmagan.
Yarim asr ichida Pizaturo Avstraliyadagi eng yirik qoramol fermalaridan birini ishga tushirdi. "Men ba'zan soat 22:00 yo 23:00 gacha ishlayman", - deya tan oladi u. Fermer pensiyaga chiqish niyati yo‘qligi va umrining so‘nggi kunlarigacha mehnat qilib, 101 yoshgacha yashagan otasining izidan borishini ta'kidladi.
"Kuni bo‘yi yotaversangiz, yuragingiz urishdan to‘xtab qolishi hech gap emas", - deydi Pizaturo o‘zining uzoq umr ko‘rishiga izoh berar ekan. U mobil telefondan foydalanib, sanoqli daqiqalarda ishdagi hamkorlarining elektron xatlariga javob bera olishi bilan faxrlanadi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
12:08 / 19.03.2026
Qashqadaryo viloyat sudi nishonlik fermerning murojaati yuzasidan izoh berdi
08:39 / 18.03.2026