Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Hindiston mudofaa zavodi joylashtirilishi mumkin
Foto: Wikipedia
O‘zbekiston Hindistonga respublika hududida mudofaa ishlab chiqarish majmuasini joylashtirishni taklif qildi. Bu haqda Hindistonning The Economic Times nashri xabar bermoqda.
Taklif hali ham muhokama qilinmoqda. Bundan tashqari, Hindiston mudofaa uskunalarini O‘zbekistonga eksport qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi nashr masaladan xabardor mansabdor shaxslarga asosan.
Agar Hindiston hukumati O‘zbekistonda mudofaa ishlab chiqarish majmuasini tashkil etishga qaror qilsa, u chet eldagi birinchi shunday kompleksga aylanadi va Dehliga Xitoy fonida Yevroosiyoda strategik o‘rinni egallashga imkon beradi, deya ta'kidlaydi nashr.
Hindiston so‘nggi vaqtlarda mudofaa bo‘yicha almashuv, ta'lim va harbiy tibbiyot sohasida Toshkent bilan hamkorlikni kengaytirdi. Har ikki tomon harbiy xodimlarni almashish va o‘qitishga qo‘shimcha turtki berishga harakat qilmoqda.
O‘tgan hafta Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri Mubashir Javed Akbar O‘zbekistonga to‘rt kunlik tashrif bilan keldi. U respublika mudofaa vaziri bilan uchrashdi va mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Mavzuga oid
12:04
Tramp: Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
10:17
Mudofaa xarajatlari oshadi: Fransiyada 2026 yil budjeti qabul qilindi
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
15:14 / 30.01.2026