Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yana korrupsiya mojarosi avj oldi
Foto: Yevgeniya Novojyenina/RIA «Novosti»
AQShning Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha agentligi (EPA) rahbari Skott Pryuitt Oq uydagilar tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Bu u EPA manfaatini ilgari surgan shaxsning rafiqasidan kvartirani arzon narxda ijaraga olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgach yuz berdi, deb ma'lum qilmoqda The Wall Street Journal manbalarga asosan.
Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Oq uy amaldorning xatti-harakatlari bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazmoqchi, sababi mahalliy mansabdorlar EPA tomonidan amalga oshirilgan ichki tekshiruvidan norozi bo‘lib turibdilar.
Xabar qilinishicha, Pryuitt 2017 yilda EPA’ni ilgari suruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Stiven Hartning rafiqasidan kvartirani ijaraga olgan. Ijara qiymati 1500 dollarni tashkil etdi, bu Vashingtondagi o‘rtacha narxdan past – o‘sha tumanda xuddi shunday uy uchun oyiga kamida 4 ming dollar so‘rashadi.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
17:51 / 28.04.2026
Britaniya qiroli 2007 yildan beri birinchi marta AQShga tashrif buyurdi
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
22:54 / 27.04.2026